O'quv markazini bir joydan boshqaring
Guruhlar, dars jadvali, o'quvchilar va davomat. Daftar ham, Excel ham kerak emas — jadval o'zi to'ldiriladi, davomat telefondan qo'yiladi.
Quyida o'zingizga mos bo'limni tanlang.
Siz markazni to'liq boshqarasiz: xodimlarni qo'shasiz, guruhlar va jadval tuzasiz, o'quvchilarni yozasiz. Quyidagi tartibda yursangiz, markaz bir soatda ishga tushadi.
- 1
Birinchi marta kiring
Sizga berilgan telefon raqami va parol bilan kiring. Bir nechta markazda ishlasangiz, qaysi biriga kirishingiz so'raladi.
- 2
Parolingizni o'zgartiring
«Profil» bo'limiga o'ting va parolni o'zgartiring. Sizga berilgan parolni boshqa odam ham bilgan — uni o'zgartirmaslik xavfli.
Bu birinchi qiladigan ishingiz bo'lsin.
- 3
Filial va xonalarni qo'shing
«Sozlamalar» bo'limida kamida bitta filial qo'shing — filialsiz guruh yaratib bo'lmaydi. Xonalarni ham kiriting: xona belgilangan bo'lsa, bir vaqtda ikki guruh bir xonaga tushmaydi.
- 4
O'qituvchilarni kiriting
«Sozlamalar» bo'limida o'qituvchi yozuvini yarating. Bu hali tizimga kirish huquqi emas — shunchaki jadvalga qo'yish mumkin bo'lgan yozuv.
- 5
Bayram kunlarini belgilang
Dam olish kunlariga dars yaratilmaydi. Bularni oldindan kiritib qo'ysangiz, jadval o'zi to'g'ri chiqadi.
- 6
Xodimlarni qo'shing
«Xodimlar» bo'limida yangi xodim qo'shing va roli tanlang. Har biriga alohida parol yaratiladi va bir marta ko'rsatiladi.
Agar bu telefon raqami tizimda allaqachon bo'lsa, o'sha odam shu markazga biriktiriladi va eski paroli o'zgarmaydi.
- 7
O'qituvchilarga kirish bering
«Xodimlar» bo'limining pastida kirish huquqi yo'q o'qituvchilar ro'yxati turadi. Telefon raqamini kiriting va «Kirish berish» tugmasini bosing — shundan keyin o'qituvchi o'z telefonidan davomat qo'ya oladi.
- 8
Guruh yarating
Nomi, filiali, o'qituvchisi va narxini kiriting. So'ng dars kunlarini tanlang va vaqtini belgilang. Guruh saqlanishi bilan keyingi to'rt haftalik darslar avtomatik yaratiladi.
Xona band bo'lsa yoki o'qituvchi o'sha vaqtda boshqa guruhda bo'lsa, tizim dars yaratmaydi va buni sizga aytadi.
- 9
O'quvchilarni yozing
«O'quvchilar» bo'limida yangi o'quvchi qo'shing, so'ng uning sahifasidan «Guruhga yozish» tugmasini bosing. Kerak bo'lsa chegirma belgilang.
- 10
Ro'yxatni fayldan yuklang
Markazda allaqachon Excel yoki CSV ro'yxat bo'lsa, «Ommaviy yuklash» bo'limida uni bir martada yuklang. Andozani yuklab olib to'ldirsangiz, ustunlar aniq mos keladi.
Yuklashdan oldin nima o'zgarishi ko'rsatiladi: nechtasi yangi, nechtasi allaqachon bor, qaysi qatorda xato bor. Tasdiqlamaguningizcha hech narsa yozilmaydi.
- 11
Xatoni tuzating
O'quvchi sahifasida «Tahrirlash» — telefon yoki ismni tuzatadi. Guruhdan chiqarish uchun guruh qatoridagi «Guruhdan chiqarish» tugmasini bosing.
Guruhdan chiqarish muhim: chiqarilmagan o'quvchidan har bir dars uchun pul yechilaveradi, garchi u kelmasa ham.
- 12
Kitob va daftar soting
«Moliya» bo'limidagi «Sotuvlar» qismida mahsulot nomi, soni va narxini kiriting. Bu pul markaz daromadiga qo'shiladi.
Sotuvni o'quvchining to'lovi sifatida yozmang — u holda o'quvchining balansi oshib ketadi va darslar uchun pul yechilmay qoladi.
- 13
Oylikni hisoblang
«Oylik» bo'limida har bir o'qituvchiga shartnoma kiriting, so'ng oyni hisoblang. Har bir payslipda summa qanday chiqqani yozib ko'rsatiladi.
Tasdiqlangandan keyin davomat tuzatilsa ham o'sha oylik o'zgarmaydi — o'qituvchiga aytilgan raqam joyida qoladi.
- 14
Hisobotlarni ko'ring
«Hisobotlar» bo'limida oylar bo'yicha pul, guruhlar davomati va o'qituvchilar yuki ko'rinadi. «Tarix» bo'limida esa kim nimani o'zgartirgani yozilib boradi.
Tarix bo'limi xodimlar o'rtasidagi bahsni hal qiladi: o'zgarish oldin nima bo'lganini ham ko'rsatadi.
- 15
Foyda qolganini ko'ring
«Hisobotlar» sahifasining boshida shu oyning natijasi turadi: tushgan puldan xarajat va berilgan oyliklar ayirilgani.
Oylik berilgan payti hisobga olinadi. Bonus qo'shsangiz o'qituvchining ishlab topgani oshadi, lekin kassadan pul chiqmagani uchun foyda kamaymaydi.
- 16
Rollarni o'zingizga moslang
«Rollar» bo'limida har bir rol nima qila olishini belgilaysiz. Masalan qabulxona xodimi o'quvchi qo'sha olsin, lekin guruh narxini o'zgartira olmasin.
Bu o'zgarishlar faqat sizning markazingizga tegishli — boshqa markazlarga ta'sir qilmaydi.
Bilib qo'yish foydali
Tizim nima uchun shunday ishlashini tushunsangiz, ishlash osonlashadi.
Dars jadvali o'zi to'ldiriladi
Guruhga «Dushanba, Chorshanba, Juma soat 15:00» deb bir marta aytasiz. Tizim shu asosda aniq darslarni o'zi yaratadi va oldinda to'rt haftalik jadvalni to'ldirib turadi. Bayram kunlariga dars qo'yilmaydi.
Narx o'quvchiga yozilganda nusxalanadi
O'quvchi guruhga yozilganda o'sha paytdagi narx uning yozuviga ko'chiriladi. Keyingi oy guruh narxini oshirsangiz, eski o'quvchilarning kelishilgan narxi o'zgarmaydi.
Oy o'rtasida qo'shilish va chiqish
14-sanada qo'shilgan o'quvchi 2-sanadagi darsda umuman ko'rinmaydi — u yerda «kelmadi» deb ham turmaydi. 20-sanada chiqib ketgan o'quvchi keyingi darslarda ko'rinmaydi. Hech narsani qo'lda hisoblash kerak emas.
Hisob davomatdan yuriladi
O'quvchi darsga kelgani belgilansa, o'sha darsning narxi uning hisobiga yoziladi. Oylik narx shu oydagi darslar soniga bo'linadi, ya'ni to'liq oy o'qigan o'quvchi aynan e'lon qilingan summani to'laydi — bir tiyin ham ortiq emas.
Foyda — tushgan puldan hisoblanadi
Daromad deb hisoblangan emas, haqiqatda tushgan pul olinadi. Oylik esa berilgan payti xarajatga yoziladi: bonus qo'shilgani bilan kassadan pul chiqmaydi, shuning uchun u foydani kamaytirmaydi.
Xato tuzatiladi, o'chirilmaydi
Noto'g'ri yozilgan to'lov yoki davomat o'chirilmaydi — uning teskarisi yoziladi. Shunda xato ham, tuzatish ham tarixda qolib, kim nima qilgani ko'rinib turadi.
Rollar va huquqlar
Har bir xodimning roli bor, har bir rolning aniq huquqlari bor. Odam faqat o'ziga tegishli bo'limlarni ko'radi: o'qituvchida ikkita bo'lim, markaz egasida yettita.
Modullar platformadan boshqariladi
Ba'zi bo'limlar butun markaz uchun o'chirilgan bo'lishi mumkin. Bunday holatda hech kim, hatto markaz egasi ham, u bo'limga kira olmaydi.
Kim nima qilgani yozib boriladi
Har bir yozuvda uni kim qo'shgani ko'rinib turadi. O'zgartirishlar tarixi ham saqlanadi — kim, qachon va nimani o'zgartirgani.
Hozircha yo'q, lekin rejada bor
Bu bo'limlar hali tayyor emas — izlab vaqtingizni sarflamang.
- O'quvchilar uchun mobil ilova
- SMS orqali xabar berish
- Payme va Click orqali onlayn to'lov
- Rus va ingliz tillari
Boshlashga tayyormisiz?
Telefon raqamingiz va parolingiz bilan kiring.
Tizimga kirish